Quvaytga qarshi o‘yinni qaysi futbolchi o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
09 Oktabr 2025 3513 1 daqiqa
Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro tanaffus doirasida dastlabki o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Mamlakatning birinchi raqamli jamoasi Quvayt terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Bugungi bellashuvni terma jamoa va Eronning “Traktor” klubi yarim himoyachisi Odilbek Hamrobekov o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Varzesh3” nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi oyog‘ining mushak qismidan jarohat olgan va terma jamoaning o‘yinoldi so‘nggi mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa bosh murabbiyi Kannavaro 2 nafar futbolchining jarohat olgani haqida aytgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi