Quvasoy shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar hokimi lavozimiga Zafarjon To‘raqulov tayinlandi. Bu haqda bugun, 17 dekabr kuni bo‘li o‘tgan Xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi. 

Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etdi va tashkiliy masala ko‘rildi. Yishilishda Ravshan Rahimjonov tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Zafarjon To‘raqulov 1974 yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. Hozirga qadar ATB “Universalbank” boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 4 apreldan buyon Quvasoy shahar hokimi lavozimida Ravshan Rahimjonov ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing