Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi. U avval ham shu tumanga hokimlik qilgan
Jamiyat
−
06 fevral 2021
7834Bugun, 6 fevral kuni Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Halimjon Umarov Quva tumani hokimi etib tasdiqlandi. Halimjon Umarov 1967 yilda tug‘ilgan. 2006-2018-yillar Toshloq, 2018-2019 yillar Quva tumani hokimi vazifasida ishlagan.
U shu paytga qadar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
LiveBarchasi