Qutb ayiqlari orasida kannibalizm kuchaymoqda

Olam

image

Rossiyalik mutaxassis Ilya Mordvinsevning fikriga ko‘ra, Arktikada qutb ayiqlarining o‘limi va bir-birlarini yeyish holatlari ko‘payib bormoqda. Chunki muzning erishi va inson faoliyati ularning yashash joylarini yo‘q qilmoqda.

"Qutb ayiqlar orasida kannibalizm holatlari uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan haqiqatdir, ammo bunday holatlar kamdan-kam uchrar edi. Endi esa bunday holat tez-tez qayd etilmoqda", dedi ekspert Ilya Mordvinsev.

Sankt-Peterburgdagi taqdimotda Mordvinsev, bunday kannibalizm holatlari ovqat yetishmasligi tufayli bo‘lishi mumkinligini aytdi. 

"Ba’zi fasllarda oziq-ovqat yetishmaydi va katta erkak ayiqlar urg‘ochilarga hujum qiladi", deydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlarning ko‘payishi Arktikada ishlaydigan odamlar soni ortishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ekspert, hozirda qutb ayiqlari orasida uchrayotgan bunday holatlarni nafaqat olimlar, balki boshqa kasb egalari ham kuzatayotganini aytdi.

"Endi biz nafaqat olimlardan, balki soni o‘sib borayotgan neftchilar va Mudofaa vazirligi xodimlaridan ham bunday ma’lumotlarni olayapmiz", deb ta’kidladi Mordvinsev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qishda Ob ko‘rfazidan Barens dengiziga qadar, qutb ayiqlari ov qiladigan mintaqa hozirgi vaqtda suyultirilgan gaz tashiydigan kemalar uchun gavjum yo‘nalish hisoblanadi. 

"Ob ko‘rfazi har doim qutb ayiqlari ov qilishi uchun muhim joy bo‘lib kelgan. Endi esa ayiqlar bu yerdan yemish topa olmaydi" dedi u.

Rossiya allaqachon dunyodagi asosiy neft va gaz eksportchisidir, Va u Arktikada o‘zining suyultirilgan gaz imkoniyatlarini rivojlantirishdan manfaatdor. Shuningdek, ular harbiy bazalarini sezilarli darajada modernizatsiya qilmoqdalar.

Shuningdek, Arktik aholi punktlarida yashovchilar, o‘nlab ayiqlar odamlar yashaydigan joylarda oziq-ovqat izlab yurganligidan xavotirda.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing