Qo‘shma Shtatlar Rossiya MSKga qarshi sanksiyalar kiritdi
Olam
−
09 dekabr 2022
6116Qo‘shma Shtatlar Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) va uning 15 a’zosi, jumladan, rais Ella Pamfilova, rais o‘rinbosari Nikolay Bulayev va kotib Natalya Budarinaga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligining 9 dekabr kuni tarqatilgan yozma bayonotida aytiladi.
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya va Yevropa Ittifoqi allaqachon Pamfilova va MSK a’zosi Nikolay Levichevga, Buyuk Britaniya, Shveysariya va YeI esa Bulayevga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.
Vashingtonga ko‘ra, Ukrainada filtrlash punktlarini rejalashtirish va tashkil etish bilan bevosita aloqador bo‘lgan Rossiya Prezidenti ma’muriyati rasmiylari Oleg Nesterov va Yevgeniy Kim ham qora ro‘yxatga kiritilgan. Moliya vazirligi, shuningdek, "Yagona Rossiya" partiyasi bo‘limi kotibi o‘rinbosari, "Donetsk Respublikasi" jamoat harakati markaziy ijroiya qo‘mitasi rahbari Aleksey Muratov, rossiyalik Marina Seredaga Donetsk filtrlash punktlarini boshqarish"ga jalb qilinganligi uchun cheklovlar kiritdi. Vazirlikning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar 2017 yil iyun oyida Muratovni Ukraina bilan bog‘liq yana bir sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shgan.
9 dekabr kuni Kim, Nesterov, Muratov va Seredaga nisbatan “AQSH, uning ittifoqchilari yoki hamkorlarining tinchligi, xavfsizligi, siyosiy barqarorligi yoki hududiy yaxlitligiga putur yetkazuvchi faoliyatda ishtirok etganlik, uni Rossiya Federatsiyasi hukumati nomidan yoki manfaatlarini ko‘zlab yoki nomidan amalga oshirganlik uchun cheklovlar joriy etildi.
Davlat departamenti shuningdek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Ochur-Suge Terimovich Mongush va Lyudmila Nikolayevna Zaysevaga ham sanksiyalar kiritdi, ular, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada tinch aholiga nisbatan inson huquqlarini buzishda ishtirok etgan.
LiveBarchasi