Qurolli Kuchlarimizning shakllanish murakkab davrga to‘g‘ri keldi – Mirziyoyev
Jamiyat
−
13 yanvar 2022
5357Avval xabar qilganimizdek, bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Oliy Bosh qo‘mondon Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari mamlakat Qurolli Kuchlarining shakllanishi va isloh qilinishi haqida gapirdi.
“Albatta, Qurolli Kuchlarimizning shakllanish jarayoni dunyoda va mintaqamizda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hukm surgan davrga to‘g‘ri keldi.
Islohotlarimiz natijasida mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, har tomonlama zamonaviy qurollangan, qudratli armiyamiz shakllanmoqda.
Biz 2016 yilda Qurolli Kuchlarimiz faoliyatini chuqur o‘rgangan holda, harbiy qurilishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim qarorlar qabul qildik. Va besh yillik istiqbolga mo‘ljallangan, kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks choralarni ko‘rdik.
Aniq maqsadga qaratilgan ana shunday ishlar natijasida, armiyamiz qiyofasi ham, harbiy xizmatning ma’no-mazmuni ham tubdan o‘zgarmoqda. Qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda”, deydi Prezident.
Yig‘ilish davom etmoqda.
LiveBarchasi