Qo‘rqinchli yo‘llar: Surxondaryo va Xorazmda avtomobillar ag‘anab ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 9 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea Surxondaryo viloyati Boysun tumanidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lninig 1328 kilometrida sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, haydovchining yetarlicha malaka va tajribaga ega emasligi hamda yuqori tezlik yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan. Ko‘k rangli avtomobil yo‘l chetiga chiqib, chuqurlikka ag‘darilib ketgan. Buning oqibatida haydovchi vafot etgan. 

Bundan tashqari, 9 oktyabr kuni Xorazm viloyatida ham shunga o‘xshash YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea soat 16:30 da viloyatning Tuproqqal’a tumani hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 523-kilometrida sodir bo‘lgan.

1989 yilda tug‘ilgan haydovchi N.D. Nexia rusumli avtomobilda harakatlanayotib, charchoq oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan.

Buning oqibatida avtomobil yo‘lovchilari Q.X. va Z.U. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal’a tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing