Quriyotgan poytaxt: Toshkent so‘nggi 30 yil ichida qanday o‘zgardi?

Jamiyat

image

Toshkent shahrida o‘simlik olami, taxminan, 9 ming gektarga kamayib, “yalang‘och” yer maydonlari so‘nggi 30 yil ichida nihoyatda ko‘paydi. Bu haqda o‘zbekistonlik bir qator yosh olimlarning “ResearchGate” tarmog‘ida e’lon qilgan maqolasida so‘z boradi

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Toshkent shahrida o‘simliklarning kamayishi va quruq yer maydonlarining ko‘payish tendensiyasi kuzatilmoqda. Metropoliten hududi esa 9 ming gektarga oshgan. 

“Yashil yer maydonlari katta shaharlarda resurs sifatida juda muhimdir. Hozirgi kunda aholi sonining o‘sishi va inson faoliyatining ortishi shaharlarning kengayishiga olib kelmoqda. O‘z navbatida, Toshkent katta qurilishlar maydoniga aylandi”, deyiladi tadqiqotda.  

Taqdim qilingan diagrammada ham Toshkent shahrining yashillik indeksi yillar davomida faqat pastga qarab ketganini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing