Qurilish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Shukrullobek Akmaljon o‘g‘li Jahongirov Qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar, Shukrullobek Jahongirov loyiha va qurilish kompaniyalarida (“Mimar group” - Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli deb ko‘riladigan) faoliyat yuritgan.

Shuningdek, bugungacha Qurilish vazirining o‘rinbosari bo‘lgan Shuhratxo‘ja Xoshimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 31 avgustdan beri O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimida Botir Zokirov faoliyat yuritib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing