Xususiy kompaniya xodimi Qurilish vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
14 yanvar 2021 10740 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davronjon Kobiljonovich Odilov Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Davronjon Kobiljonovich Odilov Yunusobod tumanidagi “Gold Step Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan mukofotlangan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi orasida u ham bor edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust