Qurg‘oqchilikdan qiynalgan Qrim yarimorolini suv bosdi (fotoreportaj)

Olam

image

Bugun, 17 iyunga o‘tar kechasi Qrim yarimorolining sharqiga kuchli yomg‘ir yog‘di va toshqinga sabab bo‘ldi. Bugunning o‘zida Kerch shahri va unga yaqin hududlarga deyarli bir oylik yog‘in miqdori tushgan.

Kuchli yomg‘irdan keyin yarimorolda mintaqaviy favqulodda rejim joriy etildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy shtab-kvartirasi noqulay ob-havo sharoiti tufayli aholini bo‘ron bo‘lishidan ogohlantirgan.

Qrim gidrometeorologiya markazi rahbari Tatyana Lyubetskayaning so‘zlariga ko‘ra Kerchda 82 mm, Belogorskda 88 mm va Simferopolda 28 mm yog‘in bo‘lgan.

“Fobos” ob-havo markazining yetakchi xodimi Yevgeniy Tishkovets, Novorossiysk, Kerch, Feodosiya va Anapada 17 iyun kuni katta miqdordagi toshqinlar yuz berishi haqida ogohlantirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu g‘ayritabiiy yomg‘ir shiddati kechga borib pasayadi. 18-19 iyun kunlari kichik mahalliy yomg‘irlar yog‘adi, ammo ular hech qanday xavf tug‘dirmaydi. 

Qrimdagi mutaxassislar suv bosgan joylardan 125 kishini, shu jumladan 28 bolani evakuatsiya qilgan. So‘nggi 24 soat ichida Qrimga yog‘gan kuchli yomg‘ir va shamollar yarimorolning sohil hududlariga ta’sir ko‘rsatmadi. Biroq yog‘in oqibatida 40 ming odam elektr ta’minotidan uzilib qolgan, 20 mingga yaqin odam suvsiz qoldi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya 2014 yilda Qrim orolini anneksiya qildi. Bungacha Qrim Ukrainaga tegishli bo‘lgan. Bundan norozi bo‘lgan rasmiy Kiyev orolga boradigan Dnepr daryosini to‘sib qo‘ydi, oqibatda Shimoliy Qrim kanali qurib qoldi.

Orol Rossiyaga o‘tgach, u yerga ko‘plab rossiyaliklar ko‘chib bora boshladi. Bu esa orol aholisi sonini deyarli ikki barobar oshishiga olib keldi. Inson kapitali, albatta, yaxshi. Biroq aholi soni ko‘payishi bilan suvga bo‘lgan talab ham ortdi. Daryodan keladigan suv esa to‘silgan. Mavjud zaxiralar ham qurib borardi. Shunday vaziyatda rasmiy Moskva sun’iy tarzda yomg‘ir yog‘dirish yo‘llarini qo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing