Qurbon hayiti qachonga to‘g‘ri kelishi aytildi
Jamiyat
−
01 iyul 2022 109084 1 daqiqa
Hijriy 1443 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisobi bo‘yicha 2022 yil 30 iyun kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida arafa kuni 2022 yil 8 iyulga to‘g‘ri keladi, haj ibodatini ado etayotgan ziyoratchilar Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.
9 iyul Qurbon hayiti sifatida rasman tasdiqlansa, o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar ketma-ket 4 kun dam olishadi.
Jumladan:
9 iyul – shanba, Qurbon hayiti bayrami;
10 iyul – yakshanba, dam olish kuni;
11 iyul – dushanba, Prezident Farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;
12 iyul – seshanba:
a) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16 iyul — shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025