Qur’oni Karimni birinchi bo‘lib o‘zbekcha sharhlagan shayx vafot etdi

Jamiyat

image

Qur’oni Karimni birinchi bo‘lib o‘zbek tiliga sharhlagan ulamo Shayx Alouddin Mansur 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Shayx Alouddin Mansur 1952 yilda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatining Qorasuv shahrida tug‘ilgan. Zamonasining atoqli olimlaridan tahsil olib, ilmini kamolga yetkazdi.

Olim Qur’oni Karim ma’nolarining o‘zbekcha izohli tarjimasini tayyorlashdek ulkan vazifani sharaf bilan ado etdi hamda uning tarjimasi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi o‘tkazgan tanlovda eng yaxshi deb topildi. Kitob 1991—1993 yillarda avval “Sharq yulduzi” jurnalida, keyin “G‘afur G‘ulom” va “Cho‘lpon” nashriyotlarida bir million nusxada bosildi.

Shundan keyin u 2000 yilda Qorasuv shahrida “Qur’oni karimni o‘rganish ilmiy markazi” tashkil etib, Qur’oni karim ma’nolarining rus (Alisher Ahmad bilan hamkorlikda) va qirg‘iz tillariga tarjima qildi.

So‘nggi yillarda u Qur’oni karimning imkoni boricha kengroq tafsirini tayyorlash ustida ish olib bordi. Qirg‘izistonda shayxning ko‘p jildli “Qur’oni azim tafsiri” chop etilgan.

Shayxning “Imom A’zam buyuk imomimiz” nomli asari O‘zbekistonda chop etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shayx Alouddin Mansur

Baholaganlar

344

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar