Qo‘ng‘irot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 17 oktyabr kuni xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya ishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari A.Davletov ishtirok etib, tuman hokimi lavozimiga shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Kallibek Joldasbayevich Xalmuratovning nomzodini taklif qildi.

Taklif qilingan nomzodni tuman Kengashining bir qator deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.

Ma’lumot uchun, Kallibek Xalmuratov o‘tgan yillar davomida Qorao‘zak tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Kegeyli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari,O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalari masalalari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri,Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ulyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kallibek Xalmuratov

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar