Qulupnay mavsumi: uning foyda va zararlari haqida bilasizmi?
Foydali
−
20 may 2021
15062Aynan bahor fasli oxirida qulupnay mavsumi boshlanadi. Ushbu mazali mevani yil davomida kutgandan keyin uning foyda va zararlarini ham bilib qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qulupnay nafaqat ko‘pchilikning sevib iste’mol qiladigan mevasi, balki dorivor va kosmetik vosita ham hisoblanadi.
Qulupnayning foydalari
Qulupnay tarkibida juda ko‘p foydali moddalar va minerallar mavjud. Shuningdek, uning tarkibida temir, magniy, kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, kremniy, rux va mis bor.
Bundan tashqari, qulupnay tarkibida vitaminlarning butun majmuasi mavjud: A, B, C va boshqalar. Mevadagi antioksidantlar tufayli insonning terisi mustahkam va elastik bo‘ladi va qulupnay tarkibidagi foliy kislotasi reproduktiv tizimning normal ishlashi uchun xizmat qiladi.
Qulupnay iste’mol qilish ko‘rishni yaxshilaydi, podagra kasalligiga yordam beradi, xotirani kuchaytiradi va organizmdagi metabolik jarayonlarni tezlashtiradi.
Undagi salitsil kislotasi yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Ayniqsa, ayollarning sellyulitga qarshi kurashida qulupnay yordam beradi. Meva, shuningdek, muammoli joylarda qon aylanishini yaxshilaydi.
Qulupnayning zararlari
Qulupnay oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolarga duch keladigan odamlarga zarar yetkazadi. Gipertoniya, ya’ni qon bosimining oshishi kasalligi mavjud insonlarga ham ushbu mevani yeyish tavsiya etilmaydi.
Qulupnay, shuningdek, juda kuchli allergen hisoblanadi, shuning uchun uni menyuga asta-sekinlik bilan kiritish tavsiya etiladi.
Qulupnaydan yuz uchun niqob sifatida foydalanilayotganda esa, dastlab uni terining ma’lum bir qismida sinab ko‘rish lozim bo‘ladi.
LiveBarchasi