“Qulog‘iga lag‘mon ilingan” deputatga qarshi ish ochildi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaat qilganida Kommunistik partiyadan Samara viloyati Dumasiga saylangan deputat Mixail Abdalkin qulog‘iga lag‘mon osgan holda davlat rahbari chiqishini kuzatgan hamda shu holat tasvirlangan rasm va videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgandi. Bu harakati uchun Abdalkin Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarini obro‘sizlantirishda ayblandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mixail Abdalkinning ishi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.3.3-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Unga ko‘ra, deputat Qurolli Kuchlarni obro‘sizlantirishda ayblangan. Novokuybishevsk shahar sudi joriy yilning 7 mart kuni mazkur ishni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek, Abdalkinning partiyadoshlari uning bu harakatidan norozi ekanini bildirgan. Xususan, Kommunistik partiya fraksiyasi matbuot xizmati rahbari Aleksandr Yushchenko deputatning qilmishini “ahmoqlik” deb atab, uni o‘z kasbiy faoliyatiga baho berishga, Kommunistik partiya fraksiyasi rahbariyati esa Abdalkinni “o‘zini tiyib yurishga” chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 21 fevral kuni Federal Majlisga murojaat qilgan va o‘z nutqida asosiy e’tiborni “mavjud vaziyatga” – “maxsus harbiy operatsiya”ni o‘tkazish, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga qaratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing