Qo‘lning muzlashi, oyoqning isimasligi. Kuzda odamlar nega sovuq qotadi?

Salomatlik

image

Kuz faslida ko‘pchilik sovuq qotib yurish sabab noqulaylikni his qiladi. Ba’zi odamlar esa boshqalarga nisbatan ko‘proq sovuq qotadi. Aslida bu holat o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Quyida kuzda noodatiy sovuq qotishning 6 sababini ma’lum qilamiz.

Qon bosimining pastligi

Qon bosimi past odamlarda qon tomirlarning tonusi pasayadi va qon sekin aylanadi. Tana sovuqni his qilgan vaqtida ko‘rpaga o‘ranib olmasdan organizmni jismoniy jihatdan chiniqtirish muhim hisoblanadi. Buning uchun sayr qilish, mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Shuningdek, choy ham issiqlikni saqlashga yordam beradi.

Ovqatga qizdiruvchi ziravorlar – zanjabil, dolchin, qalampir va sarimsoq soling.

Uyqusizlik va parhez

Agar inson yetarlicha uxlamasa va kaloriya miqdori kamaysa, termoregulyatsiya yomonlashgani hisobiga odatdagidan ko‘proq sovuq qotadi. Parhez organizm uchun energiyani tejab, moddalar almashinuvining sekinlashishiga olib keladi. Shuning uchun vaqtida ovqatlangan yaxshi. 

Chekish

Chekish davomida qon tomirlarning torayib, qo‘l-oyoqlarning muzlashi kuzatiladi. Diskomfortdan qochish uchun qo‘llarni tez-tez mashq qildirib turish lozim. Sovuq havoda haddan ortiq tor poyabzal kiymaslik kerak. Ko‘proq dolchin yoki kardamon qo‘shilgan ichimlik ichish tavsiya etiladi.

Shuningdek, kuz mavsumida bir necha qavat kiyingan yaxshi. Yopishib turadigan kiyim ustidan keng turadigan sviter kiyish ayni muddao.

Temir moddasining yetishmasligi

Gemoglobin miqdorining kam ekani hisobiga organizmda kislorod yetishmasligi kuzatiladi. Buning hisobiga zaiflik va bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Bunda gemoglobin yetishmasligining sababini topish muhim. Bu jiddiy kasallikka xos jiddiy alomat bo‘lishi mumkin.

Gormonal nomutanosiblik

Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi hisobiga moddalar almashinuvi o‘zgarib, issiqlik almashinuvi sekinlashadi. Bunday odamlarda oyoqlarning sovishi kuzatiladi, shu sabab ham qalin paypoqlar bilan kiyish mumkin bo‘lgan poyabzal tanlash kerak. Qo‘lqoplarni esa charm emas, jundan tikilganini xarid qilish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik

Homilador ayollar ko‘pincha sovuqdan aziyat chekadi. Bu kabi muammolarga sabab, gormonal o‘zgarishdir. Kiyimlarni bir necha qavat qilib kiyish, bitta qalin sviter kiygandan yaxshiroq. Kiyimning harakatlanishga xalal bermasligiga va tor bo‘lmasligiga e’tibor berish lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

512

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing