Qo‘llaridagi lezviya bilan kesgan – qo‘li qon Murodboy bo‘yicha izoh berildi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda sud zalida “Murodboy nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev va boshqalarning qo‘llari qonga botgani aks etgan videolavhalar tarqalgandi.

Ichki ishlar vazirligi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudida sudlanuvchilarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, kecha, 25 may kuni 1-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar – M. Yunusaliyev, G‘. Murodjonov, A. Qudratov, E. Sharipov, S.Yulchiyevlar so‘rovnomaga asosan boshqa jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudiga yuborilgan.

Sud jarayonida M. Yunusaliyev, G‘. Murodjonov va A. Qudratovlar sud tomonidan qo‘yilgan ayblovlarga o‘z noroziliklarini bildirib, qo‘llaridagi lezviya bilan chap qo‘l bilak qismini kesib tashlab, turli noo‘rin talablar qo‘ygan hamda IIO xodimlarining qonuniy talablarni bajarmagan. 

Mahbuslar soat 20:00 larda 1-son Tergov hibsxonasiga olib borib topshirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

946

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing