Qo‘limda “karta” ham turibdi – Prezident Toshkent viloyati bo‘linishi haqida gap ochdi
Jamiyat
−
19 mart 2021
13341Toshkent viloyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari yaxshilanmasa, hudud ikkiga bo‘lib yuborilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida aytib o‘tdi.
Davlat rahbari yig‘ilishdagi nutqi davomida viloyatni bo‘lish bo‘yicha rejalar haqida gapirgan.
“Sizlarga bir sirni ochaman. Toshkent viloyatini ikkiga bo‘lmoqchiman, qo‘limda karta ham turibdi. Xafa bo‘lmanglar, shunga majburmiz.
Birlik yo‘q bu viloyatda, agar bo‘lsak ixchamgina ikkita viloyat bo‘ladi. Lekin ko‘p o‘ylayapman yangi hokimga imkon beraman. Men bu yerga viloyat aholisining shart-sharoitini yaxshilashga kelganman.
Yo hammamiz birlashib, viloyatni ko‘taramiz, yo viloyatni bo‘lamiz. Bugun shu haqda sizlar menga so‘z berishingiz, birlashib, harakat qilishingiz kerak”, degan davlat rahbari.
Sessiyada ta’kidlanishicha, davlat rahbari shu yil kuzda Toshkent viloyatining Angren, Ohangaron, Olmaliq shaharlariga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident kecha, 18 mart kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Chinoz va Chirchiqda aholi bilan uchrashdi.
LiveBarchasi