Qo‘ldan qo‘lga o‘tgan UMS yana sotuvga qo‘yiladi

Jamiyat

image

2023 yilning 1 apreliga qadar “Universal Mobile Systems” MCHJ va 2022 yil yakuniga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” ATB xususiylashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, joriy yilning 1 mayiga qadar “Universal Mobile Systems” MCHJni baholash va sotish jarayoniga xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchisi, investitsiya banki yoki boshqa ixtisoslashgan kompaniyani (keyingi o‘rinlarda – professional tashkilot) jalb etgan holda, 2023 yilning 1 apreliga qadar uni xususiylashtirish choralarini ko‘riladi. 

Ikki hafta muddatda “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi 25 ta don korxonalari 2022 yil 1 iyulga qadar, qolganlarini esa joriy yilning yakuniga qadar bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi.

Bundan tashqari, qarorda 2022 yilning 1 oktyabriga qadar “Qishloq qurilish bank” ATBning aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO), 2022 yil yakuniga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankini jalb qilgan holda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” ATBning davlat ulushlari savdoga chiqarish belgilangan.

Shuningdek, 2023 yilning 1 iyuliga qadar AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, AT “Aloqabank”, “Agro bank” ATB, “O‘zmilliybank” AJ aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

543

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing