Qo‘qonlik blogerning o‘limi bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2021
9189Avvalroq, Qo‘qondagi muammo va kamchiliklarni tanqid qilgan bloger Iqboljon Komiljonov 8 kun shifoxonada davolanganiidan so‘ng, vafot etgani haqida xabar bergan edik. U ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Iqboljon Komiljonovning vafot yuzasidan munosabat bildirib, tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
“Iqboljon Komiljonovning vafot etganligi holati yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda”, deyiladi BP xabarida.
Qayd etilishicha, marhumning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
LiveBarchasi