Qo‘qondagi bog‘chada nogiron bola kaltaklangani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi 39-son ixtisoslashgan logoped bog‘chada nogiron bola bog‘cha opa tomonidan muntazam kaltaklanib kelinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farg‘ona viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi Matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan mazkur xabar yolg‘on ma’lumot ekanligini, holat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida emas, defektolog mutaxassisning yashash uyida sodir bo‘lganligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yuqorida aytilgan xabar yuzasidan Farg‘ona viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan maxsus ishchi guruh tuzilib o‘rganish ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, xabarda aytilgan 39-sonli maxsus maktabgacha ta’lim tashkiloti shaharning O‘rda 1-tor ko‘chasida emas, aksincha Muqimiy shaharchasida joylashgan.

Xabarda fotolari tarqatilayotgan bola 2019 yilda tug‘ilgan A.A.(qiz bola), o‘z uyi — Qo‘qon shahar O‘rda 1-tor ko‘chasidagi 6-“A” uyda defektologiyalik kasbi bilan shug‘ullanib kelayotgan defektolog A.A.ning oldiga tilidagi nuqsoni sabab maxsus kursga qatnayotgan bo‘lgan. Holat aynan ushbu defektologning yashash xonadonida sodir bo‘lgan. 

Ayni vaqtda bolaning ota-onasi mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hududdagi IIBga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilib tergov oldi xarakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan viloyat IIB ham o‘rganish o‘tkazgan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17 iyun kuni viloyat IIB “102” qisqa raqamiga Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi E.M (ayol) murojaat qilib, shaharning O‘rda ko‘chasida joylashgan bolalar bog‘chasida tarbiyachi uning farzandini urib, tan jarohati yetkazgani haqida xabar bergan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yuqoridagi holat  maktabgacha ta’lim tashkilotida emas, defektolog mutaxassisning yashash uyida sodir bo‘lgani aniqlangan. Ko‘rsatilgan manzildagi xonadonda A.G‘. (ayol) kasbi  defektolog bo‘lgan opasi D.A ga yordamchi sifatida qarashib turishishini, joriy yilning 17 iyun kuni bolalardan biri, voyaga yetmagan A.A. (suratdagi bola) ko‘p yig‘lab yuborogani sababli asabiylashib, uni yuziga qo‘li bilan urib yuborganini bildirgan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida voyaga yetmagan A.A.ga yengil tan jarohati yetkazilgani ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.G‘.ga nisbatan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismi bilan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 25 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing