Qo‘qonda mashina o‘g‘rilari paydo bo‘lgani aytilmoqda
Jamiyat
−
10 yanvar 2023 6244 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida mashina o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Qo‘qon shahridagi "Chorsu" mahallasida dekabr oyi oxiridagi 4 kunlikda 3 ta mashina olib qochilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Holat to‘liq nazoratga olingan. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyiladi xabarda.
Live
Barchasi