Qo‘qonda xonadon yonib ketdi
3-sahifa
−
02 fevral 2022 6951 1 daqiqa
Kecha, 1 fevral kuni soat 18:24da Qo‘qon shahar “64-sonli Saodat” MFY, Otabek noib ko‘chasi raqamsiz uyda yashovchi M.A ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Yong‘in oqibatida xonadonning 60 m² maydonda ichki va tom qismi yongan.
Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:27da yetib borib, 18:32da yong‘in to‘liq o‘rab olinib, 18:42da batamom o‘chirilgan. Yong‘indan uyning 100 m² maydoni saqlab qolingan.
Hozirda yong‘inning taxminiy sababi va yetkazilgan zarari aniqlanmoqda.
Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Yong‘in oqibatida qo‘shni xonadonlarga ziyon yetmagan.
Live
Barchasi