Qo‘qonda qalbaki dollarni sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
05 yanvar 2022
5592Farg‘onaning Qo‘qon shahrida 2 nafar shaxs qalbaki 4 ming 700 AQSH dollarini haqiqiysiga sotayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida fuqaro X.M. va A.I.lar boshqa bir fuqaro J.ga qalbaki 4 ming 700 dollarni 2 ming dollarga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning dastlabki 11 oyi davomida MIB idoralari tomonidan sud organlaridan kelgan, tegishli tartibda yo‘q qilish bilan bog‘liq 10 dan ortiq ijro hujjati ijrosi ta’minlangan. Birgina, qalbaki valyuta bilan bog‘liq 4 ta hujjat doirasida umumiy hisobda 46 ming 650 dollar qalbaki pullar yo‘q qilingan.
LiveBarchasi