Qo‘qonda fuqarodan $8000 undirgan soxta advokat qamaldi

3-sahifa

image

Qo‘qonda o‘zini advokat deb tanishtirib, fuqarodan 8000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs qamaldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi E.N. ismli ayol IIBga murojaat qilib, o‘tgan yilning noyabr oyida noma’lum shaxs unga o‘zini advokat deb tanishtirib, qaynisinglisi X.S.ni qamalib qolmasligini va’da qilgani va undan 8 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.Q. sodir etgani aniqlangan.

Hozirda unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing