Qo‘qonda “Aqlli bekat” loyihasi egasidan pora olgan mutaxassis ushlandi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida “Aqlli bekat” loyiha hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi B.M. shahar hududida joylashgan avtobekatni “Aqlli bekat” sifatida foydalanish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, loyiha tashabbuskori M.S. dan 1500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing