Qo‘qonda 1,85 mln dollar evaziga yangi texnikum tashkil etiladi

Jamiyat

image

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Qo‘qon shahrida Qo‘qon qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar texnikumi tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Qo‘qon qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar texnikumi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhomasi portaliga joylashtirilgan.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Farg‘ona viloyati hokimligi (G‘aniyev)ning Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Qo‘qon shahridagi Usta-bozor ko‘chasi, 92-uy manzilida joylashgan Qo‘qon maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji negizida Qo‘qon qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar texnikumini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

Texnikum quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtiriladi: 

•  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyasi;
•  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash;
•  organik mahsulotlar yetishtirish agrotexnologiyasi;
•  agromarketing va logistika; 
•  tovarshunoslik;
•  o‘simliklar himoyasi va karantini.

Texnikumda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab yangidan tashkil etiladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Qo‘qon qishloq xo‘jalik va texnologiyalar texnikumi faoliyatini samarali tashkil etish uchun:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) bilan birgalikda Jahon bankining “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlar hisobidan 1,85 mln dollarni texnikum binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun mas’ul bo‘ladi. 

Moliya vazirligi (Ishmetov) davlat byudjetidan 630 mln so‘m, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish jamg‘armasidan hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasidan 1,4 mlrd so‘m, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi 1 mlrd so‘m ajratishi belgilangan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing