Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” a’zosi ushlandi

3-sahifa

image

Qo‘qonda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdorining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borganligi uchun 2000-2004 va 2007-2013 yillarda jazo muddatini o‘tab chiqqan 43 yoshli “M.A.” jinoiy faoliyatini tiklab, Facebook orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish va shu yo‘l bilan “tahrirchilar” safini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

“M.A.” Facebook’dagi elektron manzili orqali virtual do‘stlariga “Hizb ut-Tahrir” DETning audio-video materiallarini, shuningdek tashkilotning faol virtual yollovchisi va targ‘ibotchisi “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusli, 1980 yil Qirg‘izistonda tug‘ilgan Mahmudjon Xoldarovning ma’ruzalarini tarqatib kelgani aniqlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda ekstremistik va terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan shaxslar ushlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

445

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing