Qo‘qon davlat pedagogika instituti dekani jinoyat ustida qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Qo‘qon va Toshkentda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Ular orasida Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi va fakultet dekani ham bor. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi va fakultet dekani daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib uning tanishini mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbirda J.P. fuqaro B.X.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8 000 AQSH dollari talab qilib, shundan, 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing