Kastrolar davriga yakun: Raul Kastro Kuba Kompartiyasi rahbarligidan ketadi

Olam

image

Hukmron Kuba Kommunistik partiyasi rahbari Raul Kastro iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda partiyaning rasmiy saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Kommunistik partiyaning 8-s’ezdida so‘zga chiqqan Kastro, mamlakat rahbarligini Kuba Vazirlar Kengashi rahbari Migel Dias Kanel bilan bir qatorda tajribali rahbarlar guruhiga topshirayotganidan mamnunligini aytgan.

Kuba davlat televideniyesiga asoslanib xabar berilishicha, Kastro hokimiyat yangi rahbariyatga o‘tishini tasdiqlagan.

Avvalroq 89 yoshli Kastroning Kommunistik partiya rahbari lavozimidan ketishi haqida G‘arb matbuoti xabar tarqatgan edi.

Raul Kastro Kubani 1959 yilgi inqilobdan beri boshqarib kelgan Fidel Kastroning ukasi hisoblanadi. U 2008 yilda bir vaqtning o‘zida davlat rahbari, Kuba hukumati va qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni bo‘ldi. 2018 yilda Kuba yangi Konstitutsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan Kastro Kuba Kommunistik partiyasi rahbari va bosh qo‘mondoni lavozimini saqlab qolgan holda davlat va hukumat rahbari lavozimlarini tark etdi. Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, 2019 yilda Kubada prezident va bosh vazir lavozimlari qayta tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing