Qudbiyev Stol tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi

Sport

image

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasiga rais etib saylandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 25 aprel kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Davlatovich Qudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyevga qo‘mita qoshidagi Fiskal instituti rektori vazifasini bajarish ham topshirilgandi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing