Qrimdagi musulmonlar qabristoni o‘rnida konki uchish maydonchasi quriladi

Olam

image

Qrim Respublikasida joylashgan Evpatoriyadagi musulmonlar qabristoni o‘rnida konkida uchish maydonchasi qurishga qaror qilindi. Bu haqida “Pod’em” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qrim tatarlarining g‘azabini keltirgan ushbu qaror sabab hudud atrofidagi tortishuvlar bir necha oy davom etgan.  Biroq, Qrim Bosh vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Kabanovning so‘zlariga ko‘ra, sport inshooti qurilayotgan hududda hech qanday “qabriston yo‘q”.

Yevpatoriya ma’muriyati rahbari Roman Tixonchuk bo‘sh hududning bir qismi bog‘ga, qolgani esa konki uchish maydoniga berilishini ta’kidladi:

“Bu hududda hech qanaqa qabriston yo‘q. Hammasi suyaklarga aylanib bo‘lgan. Kecha men Qrim tatarlari jamoatchiligini yig‘dim va odatdagi variantni taklif qildim: hali qurilmagan musulmonlar qabristonidagi yerning 80 foizini do‘stlik bog‘iga aylantiramiz va janubiy qismni belgilangan "sport"maydoni uchun qoldiramiz”.

Tixonchukning qo‘shimcha qilishicha, shaharning sharqiy qismida taxminan 25 ming kishi istiqomat qiladi va sport infratuzilmasi mavjud emas. Maydon uchun taklif qilingan reja 13 aprel, seshanba kuni Musulmonlar diniy idorasida muhokama qilinadi.

 

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing