Qrim va Sevastopoldagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi
Jamiyat
−
08 noyabr 2022
3994Qrim va Sevastopol hududlaridagi o‘zbekistonlik talabalarga ham istisno tariqasida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining o‘zbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, “hozirda Qrim yarimoroli urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois” ularning ham o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirishda amaliy yordam so‘ragan.
Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kabul kilish jarayonlarini muvofiklashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan chegaradosh Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini mamlakatdagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgandi.
LiveBarchasi