Qozog‘iston cho‘lida 20 ga yaqin o‘zbekistonlik muzlab qoldi 

Olam

image

Qozog‘iston cho‘lida 20 nafar o‘zbekistonlik sovuqda deyarli muzlab qoldi. Bu haqda OAV xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar Mercedes mikroavtobusida joriy yilning 10 fevral kuni Qozog‘istonning Saryog‘och shahridan Rossiyaning Novosibirsk shahriga yo‘lga chiqqan. 

Yo‘lda avtobusda nosozlik kuzatilgan. Haydovchi g‘ildirakni almashtirish uchun kerak bo‘lgan vositani unutib qoldirgani sababli yo‘lda davom eta olmagan. Shu vaqtda ko‘chada 25 daraja sovuq bo‘lgan. 

Haydovchisi ikki soat mashinani ta’mirlash uchun yo‘l chetida chirog‘ini yoqib yordam ishorasini ko‘rsatgan. Ammo hech kim to‘xtamagan. O‘zbekistonlik migrantlarni Pavlodar shahri politsiyachilari qutqargan. Ular avtobusni tuzatib, Rossiya tomon jo‘natib yuborgan.

Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham ma’lumot berdi. 

“Mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi 12 fevral kuni Qizil-O‘rda – Pavlodar trassasida Pavlodar viloyati hududida ichida 19 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. 

Ikkala vaziyatda ham hech kim jabrlanmagan,  tibbiy yordamga ehtiyoj sezilmagan.  Qozog‘istonning yo‘l politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha organlari xodimlarining tezkor yordami bilan transport vositalari ta’mirlangan va yo‘nalishini davom ettirgan

TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi”, deyiladi TIV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing