“Qozoq malikasi”ning ishga chiqmasligi surunkali tus oldi

Olam

image
Qozog‘iston Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning qizi, parlament deputati Darig‘a Nazarboyeva ikki oydirki, palata majlislariga kelmayapti. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari yozmoqda. 
 
Qayd etilishicha, bugun, 9 fevral kuni bo‘lib o‘tgan parlament yalpi majlisida Darig‘a Nazarboyeva ishtirok etmagan. Majlis uning kelmaganini tasdiqladi va deputat maoshsiz ta’tilga chiqqanini qo‘shimcha qildi.
 
Ma’lumot uchun, Majlisning joriy yilning 11 yanvar kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida ham, undan avvalgisida ham deputat Darig‘a Nazarboyeva ko‘rinish bermagandi. Quyi palata uni betobligi sabab parlament yalpi majlisida ishtirok etmaganini aytgan. Oradan biroz vaqt o‘tib Nazarboyevaning yordamchisi uning koronavirusga chalingani ma’lum qildi.
 
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Senat Raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzolagandi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirgan.
 
Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.
 
Uning yordamchisi ayni vaqtda Darig‘a Nazarboyeva maoshsiz ta’tilda ekanini aytgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing