Qozog‘istonning ikki tumanida kuydirgi kasalligiga chalinganlar aniqlandi
Olam
−
10 iyun 2023
10440Qozog‘istonning Jambul viloyatida yashovchi odamlar orasida kuydirgi kasalligining laboratoriya tomonidan tasdiqlangan to‘rtta holati aniqlandi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, “Zakon.kz” nashri xabar berdi.
Aniqlanishicha, uchta kasallanish holati Talas tumani Tamdi qishlog‘ida, bitta holat esa Jualinskiy tumani Koltogan qishlog‘ida kuzatilgan.
“Epidemiologik analizda uch holatda kasallanganlar hayvonlari bilan aloqada bo‘lganligi aniqlandi. Bemorlar veterinariya ko‘rigidan o‘tmasdan chorva mollarini so‘yishda qatnashgan. Shu sababli kasal qoramol go‘shti infeksiya omili bo‘lgan. Kasallikning qolgan bir holatida infeksiya manbasi aniqlanmagan”, deyiladi qo‘mita bayonotida.
Ma’lumot uchun, kuydirgi (Sibir yarasi) ko‘pincha kasal hayvonlar orqali odamlarga o‘tadi. Shuningdek, hayvonni so‘yish, go‘shtini nimtalash vaqtida suv, tuproq, chorvachilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida ko‘proq kuzatiladi. Infeksiya sog‘lom odam organizmiga nafas yo‘llari, teri va og‘iz orqali tushishi mumkin.
LiveBarchasi