Qozog‘istonning ayrim hududlari suv toshqinlari ostida qoldi (video)
Olam
−
02 fevral 2023 9420 1 daqiqa
Qozog‘istonning Kentau, Turkiston shaharlari hamda 3 ta tumanida suv toshqinlari kuzatilmoqda. Bu haqda “Sputnik Kazakhstan” xabar berdi.
“Havo haroratining keskin ko‘tarilishi va yog‘ingarchilik qorlarning erishiga sabab bo‘lgan. Bu hududlarda sel va suv toshqini hodisalarini keltirib chiqargan”, deyiladi xabarda.
Hodisa yuz bergan hududlarga 50 dan ortiq qutqaruvchi, 10 ta texnika va 20 ta motor nasosi jalb qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hududlardagi maktablarda ta’lim jarayoni vaqtincha onlayn tizimga o‘tkazilgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust