Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi aviareys yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
05 mart 2021 4256 1 daqiqa
Joriy yilning 8 martidan SCAT aviakompaniyasi Aktau va Urganch o‘rtasida haftasiga 2 marotaba parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi xabar berdi.
Reyslar haftaning dushanba va chorshanba kunlari B-737 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilingan holda va aviakompaniya saytida e’lon qilingan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr