Qozog‘istondagi zilzila kuchi Toshkentda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 11 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:51 da (11.09.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 06:51 da) Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 41,55 gradus shimoliy kenglik; 69,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 33 km shimoliy-g‘arbda joylashgan.

Epimarkazi Qozog‘istonda bo‘lgan zilzila kuchi Toshkentda ham sezildi. Ammo Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabarida bu haqda ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing