Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar yana ogohlantirildi
Jamiyat
−
27 Oktabr
18902Qozog‘istonda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda qo‘shni Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovishi oqibatida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg‘ir hamda yo‘llarda muzlash holatlari respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
“Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz”, deyilgan agentlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Qozog‘iston Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan o‘zbekistonliklardan ortga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslik so‘ralgandi.
LiveBarchasi