Qozog‘istondagi neft-gaz konida portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 6 iyul kuni Qozog‘istonning Atirau viloyatida joylashgan Tengiz neft-gaz konida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 10:30 atrofida sodir bo‘lgan. Konda atmosfera gazi bo‘lgan quvurda gidrosinov o‘tkazilgan. Quvur bosimga dosh berolmay, portlab ketgan. 

Hodisa oqibatida ikki ishchi halok bo‘lgan. Yana uch nafari turli tan jarohatlari olgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xabarga ko‘ra, hodisa yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 156-moddasi uchinchi qismi (Ehtiyotsizlikdan odam o‘limiga sabab bo‘lgan xavfsizlik qoidalarini buzish) bilan tergov boshlangan.

Ma’lumot uchun, Tengiz koni 1979 yilda ochilgan. U Qozog‘istonning Atirau viloyati Atirau shahridan 350 km janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, Kaspiy neft-gaz viloyatiga tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing