Qozog‘istondagi fuqarolarni evakuatsiya qilish boshlandi 

Olam

image

Qirg‘iziston hukumati Qozog‘istonda bo‘lgan va o‘z vataniga qaytishni istagan fuqarolarni evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Hozirda Tashqi ishlar vazirligi vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish doirasida Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Qirg‘iziston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlarini olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Vazirlikka ko‘ra, hozirda ikki davlat chegarasida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktlari ishlamoqda, zarurat tug‘ilganda vataniga qaytishni xohlovchi Qirg‘iziston fuqarolari chegaradan bemalol o‘tishlari mumkin.

“Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik xizmati boshqarmasi, Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Qirg‘izistonning Olmaotadagi Bosh konsulligida “Ishonch telefonlari” mavjud bo‘lib, ular orqali Qirg‘iziston Respublikasining Qozog‘istondagi fuqarolari o‘zini qiziqtirgan savollari bo‘yicha murojaat qilishi mumkin”, deb eslatdi vazirlik.

Shuningdek, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ham Qozog‘istondagi vatandoshlarni mamlakatda bo‘lish qonunlari va qoidalariga rioya qilishga, provakatsiya yo‘l qo‘ymaslikka, har qanday nizolarda qatnashmaslikka va jamoat joylariga bormaslikka chaqirgan.

“Qirg‘iziston Respublikasining Qozog‘istondagi elchixonasi Nur-Sulton, Aqto‘be, Atirau, Aqtau, Qo‘stanay, Ko‘kchetav, Petropavlovsk, Pavlodar va Qarag‘andadagi Qirg‘iziston fuqarolari bilan aloqa o‘rnatadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

633

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing