Qozog‘istondagi bir nechta universitetlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yildi

Olam

image

Qozog‘istondagi bir nechta universitetlarning faoliyat yuritishi uchun berilgan litsenziyalar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi. Ba’zi oliy ta’lim muassasalarining ishi sud jarayonida ko‘rib chiqilishi aytilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi xabar berdi. 

Litsenziyalarning tugatilishiga ularda o‘tkazilgan qayta tekshiruvda ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi sabab bo‘lgan. 

Mamlakatdagi "Olmaota" universiteti, "Kaynar" Akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti, “Silkway” Xalqaro universitetida o‘tkazilgan takroriy tekshiruv natijalari bo‘yicha ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, Ta’lim va fan vazirligi Ta’lim va fan sohasida sifatni ta’minlash qo‘mitasi tomonidan "Olmaota" universiteti, "Kaynar" Akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti litsenziyasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatilgan. 

Shuningdek, "Kaynar" Akademiyasi va “Silkway” xalqaro universitetining tekshirish natijalari ustidan shikoyat bo‘lganligi sabab, tekshirish natijalari sudda ko‘rib chiqilayotgani aytilgan. Sud jarayonlari yakunlangach, tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan. Bundan tashqari, M.X.Dulati nomidagi Taraz hududiy universitetida "huquq" (bakalavr) yo‘nalishi bo‘yicha litsenziya ilovasi amal qilishi to‘xtatilgan.

Vazirlik abituriyentlarga qonunchilikka muvofiq ta’lim faoliyati uchun litsenziya amal qilishi to‘xtatilgan taqdirda, ta’lim dargohlariga 2020-2021 o‘quv yili uchun qabulni amalga oshira olmasligini ma’lum qilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing