Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun maxsus ishchi guruh yuborildi
Jamiyat
−
13 may 2022
5803O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov topshirig‘iga ko‘ra Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida jabrlangan fuqarolarga yordam berish uchun maxsus ishchi guruh yuborildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi maxsus ishchi guruh tarkibiga Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari mas’ul xodimlari kiritilgan.
Ularga Julain tumani hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish, ularni O‘zbekistonga qaytarish hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish vazifasi yuklatilgan.
Ta’kidlanishicha, amalga oshirilayotgan zarur ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 may kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati Jaulin tumanida O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, jumladan, 47 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi