Qozog‘istonda vaziyat yanada jiddiylashdi
Olam
−
07 yanvar 2022
68276Qozog‘iston hukumati butun respublika bo‘ylab terrorchilik tahdidining kritik – qizil darajasini joriy qildi. Bu haqda bugun, 7 yanvar respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) matbuot xizmati xabar berdi.
“2022 yilning 6 yanvar kuni Nur-Sulton shahrida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi general-mayor Yermek Sagimbayev terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Respublika operativ shtabining (ROSH) yig‘ilishini o‘tkazdi. MXQ raisi, ROSH rahbari buyrug‘i bilan prezident bilan kelishilgan holda Qozog‘iston Respublikasining butun hududida terrorchilik xavfining kritik qizil darajasi joriy etildi. Mamlakatning barcha hududlarida aksilterror operatsiyasi rejimi o‘rnatildi”, deya xabar bermoqda “Kazinform”.
Bu borada davlat organlarining birinchi rahbarlari tomonidan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish, shaxs va davlat uchun terrorchilik tahdidini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.
Ma’lumot uchun, terrorchilik xavfining qizil darajasi aniqlanganda maxsus xizmatlarga shaxslarni tintuv qilish va narsalar, transport vositalarini ko‘zdan kechirish, shuningdek, ularning harakatlanishini vaqtincha cheklash yoki taqiqlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, turar-joy va boshqa binolarga erkin kirishga ruxsat beriladi. Bunday holda, telekommunikatsiya tizimlari kanallari orqali uzatiladigan muzokaralar va boshqa ma’lumotlarni nazorat qilish kabi choralar ko‘rilishi mumkin. Shuningdek, maxsus xizmatlarning barcha shaxsiy tarkibi to‘liq safarbarlik va jangovar shay holatga keltirilishi, xavfsizlik choralari kuchaytirilishi nazarda tutilmoqda.
LiveBarchasi