Qozog‘istonda o‘zbekistonlik bir oilaning 3 a’zosi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
21 yanvar
11852Qozog‘istondagi YTHda O‘zbekistondan bo‘lgan oila halok bo‘ldi. Bu haqda G‘arbiy Qozog‘iston viloyati politsiya departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 20 yanvar kuni soat 17:00 lar atrofida Uralsk – Atirau trassasida YTH sodir bo‘lgan. Unda 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Mazda CX-7 Samal posyolkasi hududida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasiga borib urilgan.
"YTH oqibatida Mazda CX-7 avtomashinasi haydovchisi va yana ikki yo‘lovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol hamda 2012 yilda tug‘ilgan bola voqea joyida vafot etgan. Ularning barchasi bir oila a’zolari bo‘lgan", deyiladi G‘arbiy Qozog‘iston oblasti politsiya departamenti ma’lumotida.
Yengil mashinada bo‘lgan to‘rt kishidan faqat 15 yoshli o‘smir omon qolgan. U ayni vaqtda u shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi