Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi qamoqqa olindi
Olam
−
13 iyul 2022
24643O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda giyohvand moddalar yetkazib berish bo‘yicha yirik tarmoqni yo‘q qilish chog‘ida qo‘lga olindi. Bu haqda Sharqiy Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Sharqiy Qozog‘iston viloyati politsiyasi hududga sintetik va psixotrop dori vositalari yetkazib berilishining oldini olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida yoshlarni qidirish va giyohvand moddalar savdosi jarayoniga jalb qilish maqsadida mamlakat sharqiga kelgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Tekshirish mobaynida qo‘lga olingan shaxsdan umumiy og‘irligi 500 grammdan ortiq bo‘lgan “alfa-PVP” psixotrop moddasi topilgan.
Viloyat Politsiya departamenti rahbarining o‘rinbosari, polkovnik Talgat Shayaxmetovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqorosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 1600 dan ortiq bir martalik sintetik giyohvand moddalarning noqonuniy muomalaga kirishi to‘xtatilgan.
Muhayyoxon Habibullayeva
LiveBarchasi