Qozog‘istonda tibbiy niqoblar eksporti taqiqlandi

Olam

image

Qozog‘iston hukumati ishlab chiqaruvchilarning axloqsiz xatti-harakatlari sababli tibbiy niqoblarni eksport qilishni taqiqladi. Bu haqda 6 fevral kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Dias Ahmetsharif ma’lum qildi.

“Biz niqoblarni ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarning nojo‘ya xatti-harakatlarini qayd etib o‘tishnini istardik: ular hatto zahiradagi niqoblarni ham Xitoyga sotib yuborishdi”, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

Ahmetsharifning qo‘shimcha qilishicha, niqoblarni eksport qilishni taqiqlashdan tashqari, Qozog‘iston hukumati ularni chet eldan import masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu mamlakat ichidagi niqoblarga talabning ortishi bilan bog‘liq.

Kecha, 5 fevral kuni Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Alixon Smailov hukumat koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 3,5 milliard tenge (9,2 million dollar) ajratganini aytdi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing