Qozog‘istonda Prezidentning qarindoshlariga rahbar lavozimini egallash taqiqlanyapti

Olam

image

Qozog‘iston parlamenti Respublika Prezidentining vakolatlarini cheklovchi hamda mamlakat yetakchisining qarindoshlariga siyosiy faoliyat olib borishni taqiqlovchi tuzatishlarni qabul qildi. Bu haqda “Sputnik Blijneye zarubeje” Telegram kanali xabar berdi.

“Prezident oilasi a’zolariga davlat va kvazi-davlat tuzilmalarida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlanadi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ular davlat rahbarining parlament yuqori palatasini shakllantirishdagi ishtiroki va mahalliy hokimiyat organlaridagi faoliyati cheklanadi.

Shuningdek, Qozog‘iston rahbari prezidentlik davrida siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydi.

Hozirda hujjat Qozog‘iston rahbariga imzolash uchun yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing